- وعن أبي هريرة رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "لو يعلم الناس ما في النداء والصف الأول، ثم لم يجدوا إلا أن يستهموا عليه لاستهموا" ((متفق عليه)) .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Agar odamlar azon aytishning va (jamoatda) birinchi safda turishning (qancha) savobini bilganlarida, uni qurʼa tashlamay (boshqa yoʻl bilan) ololmasa edi, qurʼa tashlar edi; agar peshin namozi (avvalgi vaqtida)ning savobini bilganlarida, unga (erta borishga) musobaqalashar edi; agar xufton va bomdod namozlarini jamoatda (oʻqish)ning savobini bilganlarida, hatto emaklab boʻlsa ham ularga kelar edi», — dedilar.