- وعن ابن عمر رضي الله عنهما قال: كان رسول الله صلى الله عليه وسلم يصلي من الليل مثنى مثنى، ويوتر بركعة من آخر الليل، ويصلي الركعتين قبل صلاة الغداة، وكأن الأذان بأذنيه". ((متفق عليه)).
Anas ibn Sirin aytadi: men Ibn Umardan soʻrab: «Bomdod namozidan oldingi ikki rakaat haqida aytib bering, ularda qiroatni uzun qilaymi?» dedim. U: «Rasululloh ﷺ tunda ikki rakaatdan ikki rakaatdan oʻqir va bir rakaat bilan vitr qilar edilar», dedi. Men: «Men sizdan bu haqda soʻrayotganim yoʻq», dedim. U: «Sen, rostdan ham, gavdador (qoʻpol) odam ekansan! Senga hadisni toʻla bayon qilishimga qoʻymaysanmi? Rasululloh ﷺ tunda ikki rakaatdan ikki rakaatdan oʻqir va bir rakaat bilan vitr qilar, soʻng bomdoddan oldin azon goʻyo qulogʻida turgandek (azonga shu qadar yaqin) ikki rakaat oʻqir edilar», dedi.