- وعن ابن عباس رضي الله عنهما أن رسول الله صلى الله عليه وسلم، كان يقرأ في ركعتي الفجر في الأولى منهما: {قولوا آمنا بالله وما أنزل إلينا} الآية التي في البقرة، وفي الآخرة منهما: {آمنا بالله واشهد بأنا مسلمون}. وفي رواية: في الآخرة التي في آل عمران: {تعالوا إلى كلمة سواء بيننا وبينكم}. ((رواهما مسلم)).
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bomdodning ikki rakaatida (sunnatida), ularning birinchisida Baqara surasidagi: {Aytinglar: ‹Biz Allohga va bizga nozil qilingan narsaga iymon keltirdik›} (Baqara 136) oyatini, ularning ikkinchisida esa: {Biz Allohga iymon keltirdik. Sen bizning muslim ekanimizga guvoh boʻl!} (Oli Imron 52) oyatini oʻqirdilar.