- وعن علي رضي الله عنه، أن النبي صلى الله عليه وسلم، طرقه وفاطمة ليلا، فقال: "ألا تصليان؟" ((متفق عليه)). (20)
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ tunda u bilan Fotimaning huzuriga kelib: «Namoz oʻqimaysizlarmi?» dedilar. Men: «Ey Allohning Rasuli, jonlarimiz Allohning qoʻlida, qachon bizni uygʻotishni xohlasa, uygʻotadi», dedim. Men bu gapni aytganimda Rasululloh ﷺ qaytib ketdilar, soʻng u zotning yuz oʻgirib ketayotib, sonlariga urib: {Inson koʻp narsada janjalkash boʻlgandir} (Kahf 54) deyayotganlarini eshitdim.