- وعن سالم بن عبد الله بن عمر بن الخطاب، رضي الله عنهم، عن أبيه: أن رسول الله صلى الله عليه وسلم ، قال: "نعم الرجل عبد الله لو كان يصلي من الليل" قال سالم: فكان عبد الله بعد ذلك لا ينام إلا قليلا. ((متفق عليه))
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: U dedi: Rasululloh ﷺ hayotliklarida kishi bir tush koʻrsa, uni Rasululloh ﷺ ga aytib berar edi. Men ham bir tush koʻrib, uni Nabiy ﷺ ga aytib berishni orzu qildim. (Ibn Umar) dedi: Men oʻsha vaqtda yosh, uylanmagan yigit edim va Rasululloh ﷺ zamonida masjidda uxlardim. Bir kuni tushimda ikki farishta meni ushlab, doʻzaxga olib borganini koʻrdim. Quduq oʻralganidek (gʻishtlangan) ekan, quduqning ikki yon ustuni kabi ikkita ustuni bor ekan. Unda men tanigan kishilar bor ekan. Shunda men: «Doʻzaxdan Allohdan panoh soʻrayman, doʻzaxdan Allohdan panoh soʻrayman, doʻzaxdan Allohdan panoh soʻrayman», — dedim. (Ibn Umar) dedi: Soʻng ularni (yana) bir farishta uchratdi va menga: «Qoʻrqma», — dedi. Men buni Hafsaga aytib berdim. Hafsa esa uni Rasululloh ﷺ ga aytib berdi. Shunda Nabiy ﷺ: «Abdulloh qanday yaxshi kishi! Kechasi (turib) namoz oʻqiganida edi», — dedilar. Solim dedi: Shundan keyin Abdulloh kechasi juda oz uxlaydigan boʻldi.