- وعن ابن مسعود رضي الله عنه ، قال: ذكر عند النبي، صلى الله عليه وسلم رجل نام ليلة حتى أصبح! قال: "ذاك رجل بال الشيطان في أذنيه- أو قال: في أذنه-" ((متفق عليه)) .
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ oldida — bir kishi tunni (uxlab) tongacha (quyosh chiqqanidan keyin ham) uxlab oʻtkazgani — zikr qilindi. Paygʻambar ﷺ: «U — quloqlariga (yoki qulogʻiga) shayton siygan kishidir», — dedi.