- وعن أبي هريرة رضي الله عنه، أن رسول الله صلى الله عليه وسلم ، قال: "يعقد الشيطان على قافية، رأس أحدكم، إذا هو نام، ثلاث عقد، يضرب على كل عقدة: عليك ليل طويل فارقد، فإن استيقظ أحدكم، فذكر الله تعالى انحلت عقدة، فإن توضأ انحلت عقدة، فإن صلى انحلت عقدة، فأصبح نشيطًا طيب النفس، وإلا أصبح خبيث النفس كسلان" ((متفق عليه)) .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Shayton biringiz uxlab yotgan boʻlsa, uning ensasiga uch tugun bogʻlaydi. Har bir tugunga: ‹Kecha uzun, uxlayver›, — deb oʻqib, dam soladi. Kishi uygʻonib, Allohni yodga olsa, bir tugun yechiladi; tahorat qilsa, ikkinchi tugun yechiladi; namoz oʻqisa, uchinchi tugun yechiladi va u ertalab tetik, koʻngli xush holda turadi; aks holda, u dangasa va koʻngli buzuq holda turadi», — dedilar.