- وعن عبد الله بن سلام، رضي الله عنه ، أن النبي، صلى الله عليه وسلم ،قال: "أيها الناس أفشوا السلام، وأطعموا الطعام، وصلوا بالليل والناس نيام، تدخلوا الجنة بسلام" ((رواه الترمذي وقال: حديث حسن صحيح)).
Abdulloh ibn Salom (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Madinaga kelganlarida odamlar u zot tomon shoshildilar va: «Rasululloh ﷺ keldilar!» deyildi. Men ham u zotni koʻrish uchun odamlar orasida keldim. Rasululloh ﷺning yuzlarini yaxshi koʻrib olganimda, uning yuzi yolgʻonchi (kishining) yuzi emasligini bildim. U zotning aytgan birinchi soʻzlari: «Ey odamlar, salomni yoyinglar, taom yediringlar va odamlar uxlab yotganda tunda namoz oʻqinglar, (shunda) omonlik bilan jannatga kirasizlar», degan (soʻzlari) boʻldi.