- وعنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال:" من أنفق زوجين في سبيل الله نودي من أبواب الجنة :يا عبد الله هذا خير، فمن كان من أهل الصلاة دعي من باب الصلاة، ومن كان من أهل الجهاد دعي من باب الجهاد، ومن كان من أهل الصيام دعي من باب الريان، ومن كان من أهل الصدقة دعي من باب الصدقة " قال أبو بكر، رضي الله عنه :بأبي أنت وأمي يا رسول الله ما على من دعي من تلك الأبواب من ضرورة، فهل يدعى أحد من تلك الأبواب كلها؟ قال: " نعم وأرجو أن تكون منهم ((متفق عليه))
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ: «Kim Alloh yoʻlida (mol-mulkidan) ikki (xil) narsani juft (qilib) sadaqa qilsa, u jannat darvozalaridan: ‹Ey Allohning bandasi! Mana bu — (sen uchun) yaxshilik (xayr)›, — deb chaqiriladi. Bas, kim namoz ahlidan boʻlsa, namoz darvozasidan chaqiriladi; kim jihod ahlidan boʻlsa, jihod darvozasidan chaqiriladi; kim roʻza tutuvchilardan boʻlsa, Rayyon darvozasidan chaqiriladi; kim sadaqa (beruvchilar) ahlidan boʻlsa, sadaqa darvozasidan chaqiriladi», — dedilar. Abu Bakr: «Ota-onam senga fido boʻlsin, yo Rasululloh! Oʻsha darvozalardan chaqirilgan kishiga hech qiyinchilik yoki ehtiyoj (zarurat) yetmaydi. (Lekin) shunday biror kishi boʻladimi — u bu darvozalarning hammasidan chaqirilsa?» — dedi. Paygʻambar ﷺ: «Ha, va men sen ulardan biri boʻlishingni umid qilaman», — dedilar.