- وعن سهل بن سعد رضي الله عنه عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: "إن في الجنة بابًا يقال له: الريان، يدخل منه الصائمون يوم القيامة لا يدخل منه أحد غيرهم يقال: أين الصائمون؟ فيقومون لا يدخل منه أحد غيرهم، فإذا دخلوا أغلق فلم يدخل منه أحد" ((متفق عليه))
Sahl ibn Saʼd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Jannatda Rayyon degan bir darvoza bor; roʻza tutuvchilar Qiyomat kuni oʻsha (darvoza) orqali kiradi va ulardan boshqa hech kim u orqali kirmaydi. (Oʻsha kuni:) ‹Roʻza tutuvchilar qayerda?› — deb aytiladi. Ular (oʻrnidan) turadi va ulardan boshqa hech kim u orqali kirmaydi. Ular kirgach, darvoza yopiladi va hech kim u orqali (boshqa) kirmaydi», — dedilar.