- وعن ابن عباس رضي الله عنهما قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم " لا تصوموا قبل رمضان صوموا لرؤيته وأفطروا لرؤيته، فإن حالت دونه فأكملوا ثلاثين يومًا" ((رواه الترمذي وقال حديث حسن صحيح.
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Ramazondan oldin roʻza tutmanglar. (Yangi oyni) koʻrganingizda roʻza tutinglar, (yangi oyni) koʻrganingizda iftor qilinglar. Agar (osmonni) bulut toʻsib (koʻrinmay) qolsa, oʻttiz kunni toʻldiringlar», dedilar. Bu bobda Abu Hurayra, Abu Bakra va Ibn Umardan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Ibn Abbosning hadisi hasan sahih hadis boʻlib, undan bir necha yoʻl bilan rivoyat qilingan.