- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم "إذا بقي نصف من شعبان فلا تصوموا" ((رواه الترمذي وقال حديث حسن صحيح)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Shaʼbondan yarmi qolganda roʻza tutmanglar», dedilar. Abu Iso aytdi: Abu Hurayraning hadisi hasan sahih hadisdir. Biz uni faqat shu yoʻl bilan, shu lafzda bilamiz. Baʼzi ilm ahli nazdida bu hadisning maʼnosi shuki, kishi roʻza tutmay yurib, soʻng Shaʼbondan bir oz qolganda, Ramazon oyiga (tayyorgarlik) holatida roʻza tuta boshlaydi (degani). Abu Hurayradan Paygʻambar ﷺdan ularning soʻziga oʻxshash rivoyat ham kelganki, u zot ﷺ: «Biringiz odatdagi tutadigan roʻzasiga toʻgʻri kelib qolmasa, Ramazon oyini roʻza bilan kutib olmanglar», deganlar. Bu hadis shuni koʻrsatadiki, makruhlik faqat Ramazon (kelishi) sababli atayin roʻza tutadigan kishi haqidadir.