Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Mening amakim Anas ibn Nazr Badr jangida (qatnashmay) yoʻq edi. U: «Yo Rasululloh! Men siz mushriklarga qarshi qilgan birinchi jangda yoʻq edim. (Allohga qasamki) agar Alloh menga mushriklarga qarshi jang qilish imkonini bersa, shubhasiz, Alloh men qanday (jasorat bilan) jang qilishimni koʻradi», — dedi. Uhud kunida musulmonlar orqaga oʻgirilib qochganda, u: «Allohim! Men Senga — mana bular (sahobalar) qilgan (ish) uchun — uzr soʻrayman va men — mana bular (mushriklar) qilgan (ish)dan — voz kechaman (bezorman)», — dedi. Soʻng u oldinga yurdi va Saʼd ibn
Muoz uni uchratdi. U: «Ey Saʼd ibn
Muoz! Nazrning Robbiga qasamki, jannat! Men uning hidini Uhud (togʻi) tomonidan kelayotganini his qilyapman», — dedi. Keyinchalik Saʼd: «Yo Rasululloh! Men u (Anas ibn Nazr) qilgan (ish)ga erisha (qila) olmayman. Biz uning tanasida qilich va oʻqlardan sakson(dan) ortiq jarohat topdik. Biz uni — oʻlik holda va shu qadar (badani) shafqatsizlarcha buzilgan holatda — topdikki, uni — opasidan boshqa hech kim — barmoqlaridan (boshqa belgisi bilan) tanimadi», — dedi. Biz — (mana bu) oyat u va uning kabi kishilar haqida nozil boʻldi, deb oʻylar edik: ‹Moʻminlar orasida — Allohga bergan ahdiga sodiq qolgan erkaklar bor...› (Ahzob, 23). Uning opasi Rubbayyiʼ bir ayolning old tishini sindirdi va Allohning Rasuli ﷺ qasos (olinishi)ni buyurdi. Shunda
Anas (ibn Nazr): «Yo Rasululloh! Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, mening opamning tishi sindirilmaydi!» — dedi. Soʻng
Anasning opasining raqiblari tovon (diya)ni qabul qilib, qasos talabidan voz kechdi. Bas, Allohning Rasuli ﷺ: «Allohning baʼzi bandalari (bor)ki, ular qasam ichsa, Alloh ularning qasamini bajaradi (yaʼni amalga oshiradi)», — dedi.