- السابع: عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "إن مثل ما بعثني الله به من الهدى والعلم كمثل غيث أصاب أرضاً فكانت منها طائفة طيبة، قبلت الماء فأنبتت الكلأ والعشب الكثير، وكان منها أجادب أمسكت الماء، فنفع الله بها الناس فشربوا منها وسقوا وزرعوا. وأصاب طائفة منها أخرى ، إنما هي قيعان لا تمسك ماء ولا تنبت كلأ. فذلك مثل من فقه في دين الله، ونفعه بما بعثنى الله به، فعلم وعلم، ومثل من لم يرفع بذلك رأساً، ولم يقبل هدى الله الذي أرسلت به" ((متفق عليه)) .
فقه بضم القاف على المشهور، وقيل: بكسرها، أي: صار فقيهاً.
Abu Muso (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Alloh azza va jalla meni Oʻzi (yuborgan) hidoyat va ilm bilan yuborganining masali — bir yerga yoqqan yomgʻir kabidir. (Yer)ning bir qismi unumdor boʻlib, suvni qabul qildi-da, oʻt-oʻlanni va koʻp giyohlarni undirdi. (Yer)ning bir qismi qaqraq (qattiq) boʻlib, suvni (oʻzida) ushlab qoldi, shu bilan Alloh u orqali odamlarni manfaatdor qildi: ular undan ichdilar, (chorvalarini) sugʻordilar va (ekin) ekdilar. (Yer)ning yana bir qismiga (yomgʻir) yetdi, ammo u tap-tekis boʻlib, na suvni ushlar, na oʻt-oʻlanni undirar edi. Mana shu — Allohning dini (ilm)ida chuqur bilim hosil qilgan va Alloh meni (yuborgan narsa) unga manfaat bergan, shu bilan oʻzi bilib, (boshqalarga) oʻrgatgan kishining masalidir. Va (bu) shu (narsa)ga boshini koʻtarmagan (eʼtibor bermagan), men ila yuborilgan Allohning hidoyatini qabul qilmagan kishining masalidir», — dedilar.