- الثامن: عن جابر رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم "مثلي ومثلكم كمثل رجل أوقد ناراً فجعل الجنادب والفراش يقعن فيها وهو يذبهن عنها وأنا آخذ بحجزكم عن النار، وأنتم تفلتون من يدي" ((رواه مسلم)).
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Mening va sizlarning masalingiz — olov yoqqan, soʻng chigʻirtkalar va parvonalar unga tusha boshlagan, u esa ularni undan haydab (qaytarib) turgan kishining masali kabidir. Men sizlarni belingizdan ushlab olovdan (tortib) turibman, sizlar esa qoʻlimdan chiqib (sirgʻalib) ketyapsizlar», — dedilar.