- الرابع: عن النعمان بن بشير رضي الله عنهما عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: "مثل القائم على حدود الله والواقع فيها كمثل قوم استهموا على سفينة، فصار بعضهم أعلاها وبعضهم أسفلها، وكان الذين في أسفلها إذا استقوا من الماء مروا على من فوقهم فقالوا: لو أنا خرقنا في نصيبنا خرقًا ولم نؤذ من فوقنا ، فإن تركوهم وما أرادوا هلكوا وهلكوا جميعًا، وإن أخذوا على أيديهم نجوا ونجوا جميعا" ((رواه البخاري)).
Nuʼmon ibn Bashir (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Allohning buyruq va cheklovlariga rioya qiladigan (kishi)ning — ularni buzadiganlarga nisbatan — misoli — bir kemada oʻz oʻrinlari uchun qurʼa (chek) tashlagan kishilarning misoli(dek): ulardan baʼzilari (kemaning) yuqori qismidan, boshqalari esa past (quyi) qismidan joy oldi. Quyidagilar suvga muhtoj boʻlganda, ular suv keltirish uchun yuqoriga chiqishga (majbur boʻlar) edi (va bu yuqoridagilarga tashvish berar edi). Bas, ular: ‹Kelinglar, oʻz ulushimizda (kemada) bir teshik teshib (suv olaylik) — toki yuqorimizdagilarni tashvishga qoʻymaylik›, — dedi. Bas, agar yuqoridagilar quyidagilarni oʻzlarining taklif qilgan (ish)larini qilishga qoʻysa, butun kema ahli halok boʻladi; lekin agar ularni (bundan) toʻssa, ikkala (guruh) ham najot topadi», — dedilar.