- الخامس: عن أم المؤمنين أم سلمة هند بنت أبي أمية حذيفة رضي الله عنها، عن النبي صلى الله عليه وسلم أنه قال: " إنه يستعمل عليكم أمراءُ فتعرفون وتنكرون فمن كره فقد برئ، ومن أنكر فقد سلم، ولكن من رضي وتابع” قالوا: يا رسول الله ألا نقاتلهم؟ قال: "لا ، الإمام أقاموا فيكم الصلاة" ((رواه مسلم)).
Ummu Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: U zot shunday dedilar: «Sizlar ustingizga amirlar tayinlanadi. Siz (ularning baʼzi ishlarini) maʼqullaysiz, (baʼzilarini) inkor qilasiz. Kim (yomon ishni) yoqtirmasa, pok boʻladi; kim inkor qilsa, salomat qoladi. Lekin kim rozi boʻlib, ergashsa (halok boʻladi)». Ular: «Yo Rasululloh! (U holda) ularga qarshi jang qilmaymizmi?» dedilar. (U zot): «Yoʻq, toki ular namoz oʻqir ekanlar (jang qilmanglar)», — dedilar. Yaʼni, kim qalbida yoqtirmay, qalbida inkor qilsa (yetarlidir).