- الرابع عشر: عن أبي بكر الصديق، رضي الله عنه ، قال: يا أيها الناس إنكم لتقرءون هذه الآية: {يا أيها الذين آمنوا عليكم أنفسكم لا يضركم من ضل إذا اهتديتم} ((المائدة : 105)) وإني سمعت رسول الله، صلى الله عليه وسلم، يقول: “إن الناس إذا رأو الظالم فلم يأخذوا على يديه أوشك أن يعمهم الله بعقاب منه" ((رواه أبو داود، والترمذي، والنسائي بأسانيد صحيحة)).
Abu Bakr as-Siddiq (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U: «Ey odamlar! Sizlar bu oyatni: {Ey iymon keltirganlar! Oʻzlaringizni (saqlash) zimmangizdadir. Agar siz hidoyat topgan boʻlsangiz, adashgan kimsa sizga zarar yetkaza olmaydi} (Moida 105), deb oʻqiysizlar. Men esa Rasululloh ﷺning: ‹Albatta odamlar zolimni koʻrib, uning qoʻlidan ushlamasalar (yomonlikdan qaytarmasalar), Alloh ularning hammasini Oʻz tomonidan jazo bilan qamrab olishi yaqindir›, deb aytganlarini eshitganman», dedi. Abu Iso aytdi: Bu bobda Oisha, Ummu Salama, Nuʼmon ibn Bashir, Abdulloh ibn Umar va Huzayfadan ham (rivoyatlar) bor. Bu hadis sahihdir.