- وعن أبي زيد أسامة بن زيد بن حارثة، رضي الله عنهما، قال: سمعت رسول الله، صلى الله عليه وسلم، يقول: "يؤتى بالرجل يوم القيامة فيلقى في النار فتندلق أقتاب بطنه فيدور بها كما يدور الحمار في الرحى فيجتمع إليه أهل النار فيقولون: يا فلان ما لك ؟ ألم تك تأمر بالمعروف وتنهى عن المنكر؟ فيقول: بلى، كنت آمر بالمعروف ولا آتيه، وأنهى عن المنكر وآتيه" ((متفق عليه)) .
قوله: تندلق هو بالدال المهملة، ومعناه تخرج. و”الأقتاب”: الأمعاء، واحدها قتب.
Usoma ibn Zayd (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: unga: «Usmonning huzuriga kirib, u bilan gaplashmaysanmi?» — deyildi. Shunda (Usoma): «Men u bilan faqat sizlarga eshittirish uchungina gaplashaman, deb oʻylaysizlarmi? Vallohi, men u bilan oʻzim bilan uning oramizda boʻlgan ishlar haqida gaplashdim, biroq men birinchi boʻlib ochishni yoqtirmaydigan (fitna) ishini ochishni xohlamadim. Hamda men ustimga amir boʻlgan birovga: ‹U odamlarning eng yaxshisi›, — demayman, men Rasululloh ﷺ ni shunday deganlarini eshitganimdan keyin», — dedi: «Qiyomat kuni bir kishi keltirilib, doʻzaxga tashlanadi. Bas, uning ichagi-ichi toʻkilib chiqadi va u, eshak tegirmonni aylangani kabi, ular (ichaklari) bilan aylanaveradi. Shunda doʻzax ahli uning oldiga toʻplanib: ‹Ey falonchi, senga nima boʻldi? Sen (bizni) yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarmasmiding?› — deydilar. U esa: ‹Ha, men yaxshilikka buyurardim, lekin oʻzim qilmas edim; yomonlikdan qaytarardim, lekin oʻzim qilardim›, — deydi», — dedilar.