- وعن عدي ابن عميرة رضي الله عنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: “من استعملناه منكم على عمل، فكتمنا مخيطًا فما فوقه، كان غلولاً يأتي به يوم القيامة” فقام إليه رجل أسود من الأنصار، كأني أنظر إليه ، فقال: يا رسول الله اقبل عني عملك، قال: “ومالك؟” قال سمعتك تقول كذا وكذا، قال: “وأنا أقوله الآن: من استعملناه على عمل فليجئ بقليله وكثيره، فما أوتي منه أخذ، وما نهي عنه انتهى، ((رواه مسلم)).
Adiy ibn Amira al-Kindiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ ni: «Sizlardan kimniki biz biror ishga (amaldor qilib) tayinlasak-u, u bizdan ignani yoki undan ortigʻini yashirsa, bu gʻulul (xiyonat) boʻlur; qiyomat kunida uni (koʻtarib) keladi», deganlarini eshitdim. (Adiy) dedi: shunda ansorlardan qora tanli bir kishi oʻrnidan turdi — goʻyo men hozir ham unga qarab turgandayman — va: «Yo Rasululloh, oʻz ishingizni mendan (qaytarib) oling», dedi. (Rasululloh): «Senga nima boʻldi?» dedilar. U: «Men sizni shunday-shunday deyayotganingizni eshitdim», dedi. (Rasululloh): «Men buni hozir ham aytaman: sizlardan kimniki biz biror ishga tayinlasak, u (oʻsha ishdan) ozini ham, koʻpini ham keltirsin; soʻng undan oʻziga berilganini olsin, qaytarilganidan esa toʻxtasin (uzoqlashsin)», dedilar.