- وعن عمر بن الخطاب رضي الله عنه قال: لما كان يوم خيبر أقبل نفر من أصحاب النبي صلى الله عليه وسلم فقالوا فلان شهيد، وفلان شهيد، حتى مروا على رجل فقالوا : فلان شهيد. فقال النبي صلى الله عليه وسلم : كلا إني رأيته في النار في بردة غلها-أو عباءة-” ((رواه مسلم)).
Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Xaybar kuni Paygʻambar ﷺning ashoblaridan bir necha kishi kelib: «Falonchi shahid, falonchi shahid», deyishdi. Nihoyat bir kishining oldidan oʻtishganda: «Falonchi shahid», deyishdi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Yoʻq, men uni gʻanimatdan oʻgʻirlagan bir chopon yoki aboyi sababli doʻzaxda koʻrdim», dedilar. Soʻng Rasululloh ﷺ: «Ey Xattob oʻgʻli, borib odamlarga: ‹Jannatga faqat moʻminlargina kiradilar›, deb eʼlon qil», dedilar. Men chiqib: «Ogoh boʻlingizkim, jannatga faqat moʻminlargina kiradilar», deb eʼlon qildim.