- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قبل النبي الحسن بن علي رضي الله عنهما، وعنده الأقرع بن حابس، فقال الأقرع: إن لي عشرة من الولد ما قبلت منهم أحدًا. فنظر إليه رسول الله صلى الله عليه وسلم فقال: “من لا يرحم لا يرحم” ((متفق عليه)) .
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytdi:) Rasululloh ﷺ Hasan ibn Alini oʻpdilar, u zotning yonlarida Aqra ibn Hobis at-Tamimiy oʻtirgan edi. Aqra: «Mening oʻnta bolam bor, men ulardan birortasini (hech) oʻpmaganman» dedi. Rasululloh ﷺ unga (bir) qarab qoʻydilar, soʻng: «Kim rahm qilmasa, unga (ham) rahm qilinmaydi» dedilar.