- وعن عائشة رضي الله عنها قالت: قدم ناس من الأعراب على رسول الله صلى الله عليه وسلم، فقالوا : أتقبلون صبيانكم؟ فقال: "نعم" قالوا: لكنا والله ما نقبل ! فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "أو أملك إن كان الله نزع من قلوبكم الرحمة؟" ((متفق عليه)) .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Aʼrobiylardan (sahroyi arablardan) bir necha kishi Rasululloh ﷺ huzurlariga keldi va: «Sizlar bolalaringizni oʻpasizlarmi?» dedilar. (Sahobalar): «Ha», dedilar. Ular: «Lekin biz, Allohga qasamki, (oʻz bolalarimizni) oʻpmaymiz», dedilar. Shunda Rasululloh ﷺ: «Agar Alloh sizlarning (qalbingizdan) rahmatni sugʻurib olgan boʻlsa, men nima ham qila olaman?» dedilar. Ibn Numayr (rivoyatida): «(Alloh) qalbingdan rahmatni (sugʻurib olgan boʻlsa)», dedi.