- وعن أبي العباس سهل بن سعد الساعدي رضي الله عنه قال: مر رجل على النبي صلى الله عليه وسلم، فقال لرجل عنده جالس: "ما رأيك في هذا؟" فقال: رجل من أشراف الناس، هذا والله حري إن خطب أن ينكح، وإن شفع أن يشفع . فسكت رسول الله صلى الله عليه وسلم، ثم مر رجل آخر، فقال له رسول الله صلى الله عليه وسلم: " ما رأيك في هذا؟" فقال: يا رسول الله هذا رجل من فقراء المسلمين هذا حري إن خطب أن لا ينكح، وإن شفع أن لا يشفع، وإن قال أن لا يسمع لقوله. فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم: “هذا خير من ملء الأرض مثل هذا" ((متفق عليه)) . (22)
(Sahl ibn Saʼd as-Soidiy (roziyallohu anhu) aytdiki,) Bir kishi Rasululloh ﷺning oldidan oʻtdi. U zot yonlarida oʻtirgan bir kishiga: «Bu (kishi) haqida fikring qanday?» dedilar. U: «(Bu) odamlarning ashrofidan (zodagonidan) biri; Allohga qasamki, agar (uylanmoqchi) sovchi qoʻysa, (qizni) berishga loyiq; agar shafoat qilsa, shafoati qabul qilinishga loyiq», dedi. Rasululloh ﷺ jim qoldilar. Soʻng (yana) bir kishi oʻtdi; Rasululloh ﷺ unga (oʻsha kishiga): «Bu haqida fikring qanday?» dedilar. U: «Yo Rasululloh, bu — musulmonlarning kambagʻallaridan biri; agar sovchi qoʻysa, (qiz) berilmaslikka loyiq; agar shafoat qilsa, qabul qilinmaslikka loyiq; agar gapirsa, soʻzi eshitilmaslikka loyiq», dedi. Rasululloh ﷺ: «Bu (kambagʻal) — yer yuzini toʻldiradigan ana u (boy)lardan yaxshiroqdir», dedilar.