- وعن أبي سعيد الخدري رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: " احتجت الجنة والنار فقالت النار: في الجبارون والمتكبرون، وقالت الجنة: في ضعفاء الناس ومساكينهم، فقضى الله بينهما: إنك الجنة رحمتي أرحم بك من أشاء، وإنك النار أعذب بك من أشاء، ولكليكما علي ملؤها" ((رواه مسلم)).
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Jannat bilan doʻzax bahslashdi. Doʻzax: ‹Menda mutakabbir zoʻravonlar boʻladi›, dedi. Jannat: ‹Menda odamlarning kuchsizlari va miskinlari boʻladi›, dedi. Alloh ular oʻrtasida hukm chiqarib (aytdi): ‹Sen, ey jannat, Mening rahmatimsan, sen orqali xohlagan kishimga rahm qilaman. Sen esa, ey doʻzax, Mening azobimsan, sen orqali xohlagan kishimni azoblayman. Har ikkovingizni toʻldirish Mening zimmamdadir›», dedilar.