- وعن أبي هريرة رضي الله عنه عن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: " إنه ليأتي الرجل السمين العظيم يوم القيامة لا يزن عند الله جناح بعوضة" ((متفق عليه)).
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu) Rasululloh ﷺdan rivoyat qildi)ki, u zot: «Albatta qiyomat kuni katta, semiz bir kishi keladi — (lekin) u Alloh huzurida bir chivinning qanotichalik (ham) tortmaydi (vazni yoʻq)», dedilar va: «Xohlasangiz, ‹Bas, ularga qiyomat kuni hech bir vazn (qadr) bermaymiz› (Kahf surasi, 105) (oyatini) oʻqinglar», dedilar.