- وعن سعد بن أبي وقاص رضي الله عنه قال: كنا مع النبي صلى الله عليه وسلم ستة نفر، فقال المشركون للنبي صلى الله عليه وسلم: اطرد هؤلاء لايجترئون علينا، وكنت أنا وابن مسعود ورجلان لست أسميهما، فوقع في نفس رسول الله صلى الله عليه وسلم ما شاء الله أن يقع، فحدث نفسه، فأنزل الله تعالى: {ولا تطرد الذين يدعون ربهم بالغداة والعشي يريدون وجهه} ((الأنعام: 52: رواه مسلم)).
Saʼd ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Nabiy ﷺ bilan olti kishi edik. Mushriklar Nabiy ﷺ ga: «Bularni (yoningdan) haydab yubor, bizning oldimizda dadillik qilmasinlar», dedilar. (Saʼd) dedi: Men, Ibn Masʼud, Huzayldan boʻlgan bir kishi, Bilol va men nomlarini aytmaydigan ikki kishi (oʻsha olti kishi edik). Rasululloh ﷺ ning koʻngliga Alloh xohlagan narsa keldi va u zot oʻz koʻngillaridan oʻtkazdilar. Shunda Alloh azza va jalla: {Parvardigorlarining yuzini (rizosini) istab, ertayu kech Unga duo qiladiganlarni (yoningdan) haydamagin} (Anʼom 52) (oyatini) nozil qildi.