- وعن أبي هبيرة عائذ بن عمرو المزني وهو من أهل بيعة الرضوان رضي الله عنه، أن أبا سفيان أتى على سلمان وصهيب وبلال في نفر فقالوا: ما أخذت سيوف الله من عدو الله مأخذها، فقال أبو بكر رضي الله عنه: أتقولون هذا لشيخ قريش وسيدهم؟ فأتى النبي صلى الله عليه وسلم، فأخبره فقال: "يا أبا بكر لعلك أغضبتهم؟ لئن كنت أغضبتهم لقد أغضبت ربك" فأتاهم فقال: ياإخوتاه أغضبتكم؟ قالوا: لا، يغفر الله لك يا أخي. ((رواه مسلم)).
Oiz ibn Amr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Abu Sufyon bir guruh kishilar orasidagi Salmon, Suhayb va Bilolning oldiga keldi. Shunda ular: «Allohga qasamki, Allohning qilichlari Allohning dushmanining boʻynidan oʻzi olishi lozim boʻlgan narsani (toʻla) olmadi», — dedilar. (Rovi) dedi: Shunda Abu Bakr: «Quraysh shayxiga va ularning sayyidiga shuni aytasizlarmi?!» — dedi. Soʻng u Nabiy ﷺ ning huzuriga kelib, bundan xabar berdi. U zot: «Ey Abu Bakr! Sen ularni gʻazablantirgan boʻlsang kerak; agar sen ularni gʻazablantirgan boʻlsang, Robbingni gʻazablantiribsan», — dedilar. Shunda Abu Bakr ularning oldiga kelib: «Ey birodarlarim! Men sizlarni gʻazablantirdimmi?» — dedi. Ular: «Yoʻq, Alloh seni magʻfirat qilsin, ey ukajonim», — dedilar.