- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم "أكمل المؤمنين إيمانا أحسنهم خُلقا، وخياركم خياركم لنسائهم" ((رواه الترمذي وقال : حديث حسن صحيح)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Moʻminlarning iymoni eng kamoli — axloqi eng goʻzal boʻlganidir. Sizlarning yaxshilaringiz — ayollariga axloqi jihatidan yaxshi boʻlganlaringizdir», dedilar. (Abu Iso) aytdi: Bu bobda Oisha va Ibn Abbosdan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Abu Hurayraning bu hadisi hasan sahihdir.