- وعن إياس بن أبي ذباب رضي الله عنه قال: قال رسول صلى الله عليه وسلم : "لاتضربوا إماء الله" فجاء عمر رضي الله عنه إلى رسول الله صلى الله عليه وسلم ، فقال : ذئرن النساء على أزواجهن، فرخص في ضربهن، فأطاف بآل رسول الله صلى الله عليه وسلم نساء كثير يشكون أزواجهن، فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "لقد أطاف بآل بيت محمد نساء كثير يشكون أزواجهن ليس أولئك بخياركم" ((رواه أبو داود بإسناد صحيح)).
Ahmad ibn Abu Xalaf va Ahmad ibn Amr ibn as-Sarh bizga hadis aytdilar, ikkovi: bizga Sufyon az-Zuhriydan, (u) Abdulloh ibn Abdullohdan — Ibn as-Sarh: Ubaydulloh ibn Abdulloh, dedi — (u) Iyos ibn Abdulloh ibn Abu Zubobdan rivoyat qiladi, dedilar. U dedi: Rasululloh ﷺ: «Allohning chorilarini (ayollarini) urmanglar», dedilar. Soʻng Umar Rasululloh ﷺ huzurlariga kelib: «Ayollar erlariga nisbatan jasoratli (bebosh) boʻlib ketishdi», dedi. Shunda u zot ularni urishga ruxsat berdilar. Keyin Rasululloh ﷺ ahllariga koʻplab ayollar erlaridan shikoyat qilib keldilar. Shunda Nabiy ﷺ: «Muhammadning ahliga koʻplab ayollar erlaridan shikoyat qilib keldilar. Ana oʻshalar (ularni uradiganlar) sizlarning yaxshilaringiz emas», dedilar.