- وعن أبي عبد الله - ويقال له: أبو عبد الرحمن - ثوبان بن بجدد مولى رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : " أفضل دينار ينفقه الرجل دينار ينفقه على عياله، ودينار ينفقه على دابته في سبيل الله، ودينار ينفقه على أصحابه في سبيل الله" ((رواه مسلم)).
Savbon (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kishi sarflaydigan dinorlarning eng afzali — kishi oʻz ahli (oilasi)ga sarflaydigan dinor, kishi Alloh yoʻlida oʻz ulovi (otini boqish)ga sarflaydigan dinor va Alloh yoʻlida oʻz hamrohlariga sarflaydigan dinordir», dedilar. Abu Qiloba: «U (Savbon) avval oilani (zikr qilishdan) boshladi», dedi. Soʻng Abu Qiloba: «Qaysi kishi oʻzining kichik bolalariga sarflab, ularni (haromdan) saqlaydigan — yoki Alloh ular orqali (ularga) manfaat yetkazib, ularni boy qiladigan — kishidan koʻra (savob jihatidan) buyukroqdir?» dedi.