- وعن أم سلمة رضي الله عنها قالت: قلت يارسول الله، هل لي أجر في بني أبي سلمة أن أنفق عليهم، ولست بتاركتهم هكذا وهكذا إنما هم بني؟ فقال: " نعم لك أجر ما أنفقت عليهم" ((متفق عليه)).
(Ummu Salama (roziyallohu anho) aytdi:) Men: «Ey Allohning Rasuli, Abu Salamaning bolalariga — ularga nafaqa qilsam — menga ajr bormi? Men ularni mana bunday (tashlab ketuvchi) emasman; ular — mening (ham) bolalarim-ku» dedim. U zot: «Ha, senga — ularga nafaqa qilgan (narsang)ning ajri bordir» dedilar.