- وعن أبي ذر رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "إنكم ستفتحون أرضًا يذكر فيها القيراط". وفي رواية: "ستفتحون مصر وهي أرض يسمى فيها القيراط، فاستوصوا بأهلها خيرًا، فإن لهم ذمة ورحمًا". وفي رواية: "فإذا افتتحتموها، فأحسنوا إلى أهلها، فإن لهم ذمة ورحمًا" أو قال: "ذمة وصهرًا" ((رواه مسلم)).
Abu Zar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Sizlar shubhasiz bir yerni fath etasizlarki, unda qiyrot (deb ataladigan oʻlchov) zikr qilinadi. Bas, uning ahliga yaxshilik qilishni (bir-biringizga) tavsiya qilinglar, chunki ularning (sizlar zimmangizda) zimmasi (himoya haqqi) va qarindoshligi bor. Qachon ikki kishi bir gʻisht oʻrni (kichik joy) uchun urishayotganini koʻrsangiz, undan (oʻsha yerdan) chiqib keting», — dedilar. (Abdurahmon) dedi: Soʻng u (Abu Zar) Shurahbil ibn Hasananing ikki oʻgʻli — Rabiʼa va Abdurahmonning bir gʻisht oʻrni (kichik joy) uchun talashayotganlari yonidan oʻtib qoldi-da, oʻsha yerdan chiqib ketdi.