- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: لما نزلت هذه الآية: (وأنذر عشيرتك الأقربين) ((الشعراء: 214)) دعا رسول الله صلى الله عليه وسلم قريشًا، فاجتمعوا فعم، وخص وقال: "يا بني عبد شمس، يا بني كعب بن لؤي، أنقذوا أنفسكم من النار، يا بني مرة بن كعب، أنقذوا أنفسكم من النار، يا بني عبد مناف، أنقذوا أنفسكم من النار، يا بني هاشم أنقذوا أنفسكم من النار، يا بني عبد المطلب أنقذوا أنفسكم من النار، يا فاطمة أنقذي نفسك من النار، فإني لا أملك لكم من الله شيئًا، غير أن لكم رحما سأبلها ببلالها" ((رواه مسلم)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Mana bu oyat: {Va eng yaqin qarindoshlaringni ogohlantir} nozil boʻlganda, Rasululloh ﷺ Qurayshni chaqirdilar. Bas, ular toʻplandilar. (Paygʻambar) umumiy (xitob) qildilar va xususiy (xitob) qildilar, soʻng: «Ey Kaʼb ibn Luayy oʻgʻillari, oʻzlaringizni doʻzaxdan qutqaringlar! Ey Murra ibn Kaʼb oʻgʻillari, oʻzlaringizni doʻzaxdan qutqaringlar! Ey Abdu Shams oʻgʻillari, oʻzlaringizni doʻzaxdan qutqaringlar! Ey Abdu Manof oʻgʻillari, oʻzlaringizni doʻzaxdan qutqaringlar! Ey Hoshim oʻgʻillari, oʻzlaringizni doʻzaxdan qutqaringlar! Ey Abdulmuttalib oʻgʻillari, oʻzlaringizni doʻzaxdan qutqaringlar! Ey Fotima, oʻzingni doʻzaxdan qutqar! Chunki men sizlar uchun Allohdan (keladigan) hech narsaga ega emasman (sizni Allohdan qutqara olmayman); faqat sizlar bilan (mening) qarobat (qarindoshlik)im borki, men uni oʻz nami (suvi) bilan namlayman (yaʼni silai rahm qilaman)», dedilar.