- وعن أنس، رضي الله عنه، قال: خطبنا رسول الله، صلى الله عليه وسلم خطبة ما سمعت مثلها قط، فقال: "لو تعلمون ما أعلم لضحكتم قليلاً ولبكيتم كثيراً" فغطى أصحاب رسول الله، صلى الله عليه وسلم وجوههم، ولهم خنين. ((متفق عليه)) .
وفي رواية: بلغ رسول الله، صلى الله عليه وسلم عن أصحابه شئ فخطب ، فقال: "عرضت على الجنة والنار، فلم أر كاليوم في الخير والشر، ولو تعلمون ما أعلم لضحكتم قليلا، ولبكيتم كثيراً" فما أتى على أصحاب رسول الله، صلى الله عليه وسلم يوم أشد منه، غطوا رؤوسهم ولهم خنين.
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ ga ashoblari haqida biror narsa yetib bordi, shunda u zot xutba qilib: «Menga jannat va doʻzax koʻrsatildi, men yaxshilik va yomonlikni bugungidek (aniq) koʻrmaganman. Agar men bilgan narsani sizlar ham bilsangiz edi, oz kular va koʻp yigʻlar edingiz», — dedilar. (Roviy) dedi: Rasululloh ﷺ ning ashoblariga shundan ogʻirroq kun kelmadi. (Roviy) dedi: Ular boshlarini berkitib, ohista yigʻlar edilar. (Roviy) dedi: Soʻng Umar oʻrnidan turib: «Biz Allohni Robb deb, Islomni din deb, Muhammadni Nabiy deb (tan olib) rozi boʻldik», dedi. (Roviy) dedi: Soʻng oʻsha kishi oʻrnidan turib: «Mening otam kim?» dedi. (U zot): «Otang falonchi», — dedilar. Shunda mana bu (oyat) nozil boʻldi: {Ey imon keltirganlar! Sizlarga oshkor qilinsa, sizlarni xafa qiladigan narsalar haqida soʻramanglar} (Moida 101).