- وعن المقداد، رضي الله عنه، قال: سمعت رسول الله، صلى الله عليه وسلم يقول: "تدنى الشمس يوم القيامة من الخلق حتى تكون منهم كمقدار ميل" قال سليم بن عامر الراوى عن المقداد: فوالله ما أدري ما يعني الميل، أمسافة الأرض أم الميل الذي يكحل به العين "فيكون الناس على قد أعمالهم في العرق، فمنهم من يكون إلى كعبيه، ومنهم من يكون إلى ركبتيه، ومنهم من يكون إلى حقوبه، ومنهم من يلجمه العرق إلجاماً" وأشار رسول الله، صلى الله عليه وسلم، بيده إلى فيه ((رواه مسلم)).
Miqdod (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺning: «Qiyomat kuni quyosh xaloyiqqa shunchalik yaqinlashadiki, ular bilan orasi bir mil masofacha qoladi», deganlarini eshitdim. Miqdoddan rivoyat qilgan Sulaym ibn Omir aytdi: «Alloh haqqi, u zot mil deganda nimani — yer masofasini oʻlchaydigan milnimi yoki koʻzga surma tortiladigan mildimi — nazarda tutganlarini bilmayman». U zot (soʻzida davom etib): «Shunda odamlar amallariga qarab terga botadilar: baʼzilari toʻpigʻigacha, baʼzilari tizzasigacha, baʼzilari beligacha boʻladi, baʼzilarini esa ter butunlay jilovlab qoʻyadi», dedilar va Rasululloh ﷺ qoʻllari bilan ogʻizlariga ishora qildilar.