- وعن أبي عبد الله خباب بن الأرت رضي الله عنه قال: شكونا إلى رسول الله صلى الله عليه وسلم وهو متوسد بردة له في ظل الكعبة، فقلنا : ألا تستنصر لنا ألا تدعو لنا؟ فقال: قد كان من قبلكم يؤخذ الرجل فيحفر له في الأرض فيجعل فيها ثم يؤتى بالمنشار فيوضع على رأسه فيجعل نصفين، ويمشط بأمشاط من الحديد ما دون لحمه وعظمه، ما يصده ذلك عن دينه، والله ليتمن الله هذا الأمر حتى يسير الراكب من صنعاء إلى حضرموت لا يخاف إلا الله والذئب على غنمه، ولكنكم تستعجلون" ((رواه البخاري)).
Xabbob ibn al-Aratt (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Kaʼba soyasida ridosini yostiq qilib yotgan paytlarida, biz u zotga (ahvolimizdan) shikoyat qilib: «Biz uchun (Allohdan) nusrat soʻramaysizmi? Biz uchun duo qilmaysizmi?» dedik. U zot: «Sizdan oldingilar orasida (moʻmin) bir kishi ushlanib, uning uchun yerda chuqur qazilar, soʻng unga (chuqurga) solinar edi. Soʻng arra keltirilib, boshiga qoʻyilar va ikkiga boʻlinar edi. Tanasidagi goʻshti va suyagi temir taroqlar bilan taralar edi. Biroq bu uni dinidan qaytarmas edi. Allohga qasamki, bu ish (Islom) albatta toʻkis boʻladi, hatto otliq Sanʼodan Hazramavtgacha faqat Allohdan va qoʻylariga (hujum qilishi mumkin boʻlgan) boʻridan boshqa hech narsadan qoʻrqmasdan yuradi. Lekin siz shoshilyapsiz» dedilar.