- وعن أبي هريرة، رضي الله عنه، قال: قال رسول الله، صلى الله عليه وسلم "من خاف أدلج ، ومن أدلج، بلغ المنزل، ألا إن سلعة الله غالية، إلا إن سلعة الله الجنة" ((رواه الترمذي وقال: حديث حسن)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim qoʻrqsa, tunda yoʻlga chiqadi; kim tunda yoʻlga chiqsa, manzilga yetadi. Ogoh boʻlinglar, Allohning moli qimmatdir. Ogoh boʻlinglar, Allohning moli — jannatdir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻarib boʻlib, uni faqat Abu Nazrning hadisi yuzasidan bilamiz.