- وعن عائشة، رضي الله عنها، قالت: سمعت رسول الله، صلى الله عليه وسلم يقول: " يحشر الناس يوم القيامة حفاة عراة غرلا" قلت: يا رسول الله الرجال والنساء جميعاً ينظر بعضهم إلى بعض؟ قال: "يا عائشة الأمر أشد من أن يهمهم ذلك". وفي رواية: "الأمر أهم من أن ينظر بعضهم إلى بعض" ((متفق عليه)) .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: men Rasululloh ﷺ ni shunday deganlarini eshitdim: «Odamlar Qiyomat kuni yalangoyoq, yalangʻoch, sunnatsiz holda mahsharga toʻplanadilar». Men: «Yo Rasululloh! Ayollar va erkaklar hammasi bir-biriga qarab (turadilarmi)?» — dedim. (Rasululloh ﷺ): «Ey Oisha! Bu ish bir-biriga qarashdan koʻra ogʻirroqdir», — dedilar.