- وعن عبادة بن الصامت، رضي الله عنه ، قال: قال رسول الله، صلى الله عليه وسلم: "من شهد أن لا إله إلا الله وحده لا شريك له، وأن محمداً عبده ورسوله، وأن عيسى عبد الله ورسوله، وكلمته ألقاها إلى مريم وروح منه، وأن الجنة حق والنار حق، أدخله الله الجنة على ما كان من العمل" ((متفق عليه)) . وفي رواية لمسلم:"من شهد أن لا إله إلا الله، وأن محمداً رسول الله، حرم عليه النار".
Uboda ibn Somit (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Kim — Allohdan boshqa ibodatga sazovor zot yoʻqligiga, U yolgʻiz boʻlib, sherigi yoʻqligiga, Muhammad — Uning bandasi va elchisi ekaniga, Iso — Allohning bandasi va elchisi hamda Uning — Maryamga ato etgan — Kalimasi (Soʻzi) va Undan (yaratilgan bir) Ruh ekaniga, jannat haq va doʻzax haq ekaniga — guvohlik bersa, Alloh uni — qilgan amallari bilan, oʻsha amallar oz boʻlsa ham — jannatga kiritadi», — dedi (Rivoyatchi Junoda aytadi: «Uboda qoʻshdi: ‹Bunday kishi — jannatning sakkiz darvozasidan qaysi birini xohlasa, oʻshandan kirishi mumkin›»).