- وعن أبي ذر، رضي الله عنه ، قال: قال النبي صلى الله عليه وسلم : "يقول الله عز وجل: من جاء بالحسنة، فله عشر أمثالها أو أزيد، ومن جاء بالسيئة، فجزاء سيئة سيئة مثلها أوغفر. ومن تقرب مني شبراً ، تقربت منها ذراعا، ومن تقرب منى ذراعاً ، تقربت منه باعاً، ومن أتاني يمشي ، أتيته هرولة، ومن لقينى بقراب الأرض خطيئة لايشرك به شيئاً ، لقيته بمثلها مغفرة" ((رواه مسلم)).
Abu Zar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Alloh azza va jalla shunday deydi: ‹Kim bir yaxshilik bilan kelsa, unga oʻshanga oʻxshash oʻn (savob) bor, hatto men yana ziyoda qilaman. Kim bir yomonlik bilan kelsa, uning jazosi oʻshanga oʻxshash bitta yomonlik (gunoh)dir, yoki men kechiraman. Kim menga bir qarich yaqinlashsa, men unga bir tirsak yaqinlashaman; kim menga bir tirsak yaqinlashsa, men unga bir quloch yaqinlashaman; kim menga yurib kelsa, men unga shoshilib (yugurib) boraman; kim menga yer yuzini toʻldiradigan miqdorda xato (gunoh) bilan, lekin menga hech narsani sherik qilmagan holda yoʻliqsa, men unga oʻshancha magʻfirat bilan yoʻliqaman›», — dedilar.