- وعنه قال: قال رسول الله ، صلى الله عليه وسلم:"سبعة يظلهم الله في ظله يوم لا ظل إلا ظله: إمام عادل، وشاب نشأ في عبادة الله ، ورجل قلبه معلق في المساجد، ورجلان تحابا في الله، اجتمعا عليه، وتفرقا عليه، ورجل دعته امرأة ذات منصب وجمال، فقال: إنى أخاف الله، ورجل تصدق بصدقة فأخفاها حتى لا تعلم شماله ما تنفق يمينه، ورجل ذكر الله خالياً ففاضت عيناه” ((متفق عليه)) .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Yetti (toifa) kishini Alloh — Oʻz soyasidan boshqa soya boʻlmagan kunda — Oʻz soyasida soyalaydi: (1) odil rahbar (imom); (2) Allohga ibodatda (yaʼni bolaligidan Allohga ixlos bilan) tarbiyalangan yigit; (3) qalbi masjidga bogʻlangan kishi (yaʼni besh vaqt namozni jamoat bilan masjidda oʻqiydigan); (4) bir-birini faqat Alloh uchun sevgan va Alloh yoʻlida (gina) uchrashib, ajraladigan ikki kishi; (5) obroʻ-nasabli goʻzal ayolning (zinoga) chaqirigʻini rad etib: ‹Men Allohdan qoʻrqaman›, — degan kishi; (6) shunchalik maxfiy sadaqa qiladigan kishiki, chap qoʻli oʻng qoʻli nima berganini bilmaydi (yaʼni u sadaqani yashirin qiladi); (7) yolgʻizlikda Allohni yodga olib, koʻzlari yoshga toʻlgan kishi», — dedilar.