- وعن عبد الله بن الشخير، رضي الله عنه ، قال: أتيت رسول الله صلى الله عليه وسلم، وهو يصلي ولجوفه أزيز كأزير المرجل من البكاء. ((حديث صحيح رواه أبو داود، والترمذي بإسناد صحيح)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men — Xaybar musulmonlar qoʻliga oʻtganidan keyin — Allohning Rasuli ﷺ ning oldiga, u zot Xaybarda (turgan) paytda bordim. Men: «Yo Rasululloh! Menga (Xaybar yeridan) ulush bering», — dedim. Said ibn Osning oʻgʻillaridan biri: «Yo Rasululloh! Unga ulush bermang», — dedi. Men: «Bu — Ibn Qavqalning qotili», — dedim. Said ibn Osning oʻgʻli: «Ajab! Qaduyim togʻidan (qoʻy oʻtloqlaridan) bizning oldimizga tushib kelgan bir vabr (kemiruvchi hayvon) — meni — Alloh men sababli (sharaf bilan) afzal qilgan va Alloh meni uning qoʻlida sharmanda qilmagan (yaʼni kofir holda oʻldirilmagan) — bir musulmonni oʻldirganlikda — ayblayaptimi?» — dedi (Rivoyatchi: «Paygʻambar ﷺ unga ulush berdimi yoki yoʻqmi — bilmayman», — dedi).