- عن عمرو بن عوف الأنصاري، رضي الله عنه، أن رسول الله صلى الله عليه وسلم، بعث أبا عبيدة بن الجراح، رضي الله عنه ، إلى البحرين يأتي بجزيتها، فقدم بمال من البحرين ، فسمعت الأنصار بقدوم أبو عبيدة، فوافوا صلاة الفجر مع رسول الله ، صلى الله عليه وسلم فلما صلى رسول الله صلى الله عليه وسلم، انصرف فتعرضوا له ، فتبسم رسول الله، صلى الله عليه وسلم حين رآهم، ثم قال: “أظنكم سمعتم أن أبا عبيدة قدم بشئ من البحرين؟” فقالوا: أجل يا رسول الله فقال: “أبشروا وأملوا ما يسركم ، فوالله ما الفقر أخشى عليكم، ولكني أخشى أن تبسط الدنيا عليكم كما بسطت على من كان قبلكم، فتنافسوها كما تنافسوها ، فتهلككم كما أهلكتهم” ((متفق عليه)) .
Amr ibn Avf (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ Abu Ubayda ibn al-Jarrohni Bahraynga uning jizyasini olib kelish uchun yubordilar. Nabiy ﷺ Bahrayn ahli bilan sulh tuzgan va ularga al-Aloʻ ibn al-Hazramiyni amir qilib qoʻygan edilar. Abu Ubayda Bahrayndan mol bilan keldi. Ansorlar Abu Ubaydaning kelganini eshitib, bomdod namozini Rasululloh ﷺ bilan birga oʻqidilar. Rasululloh ﷺ namozni oʻqib boʻlib qaytganlarida, ular u zotning yoʻlini toʻsdilar. Rasululloh ﷺ ularni koʻrib tabassum qildilar-da, soʻng: «Oʻylashimcha, siz Abu Ubayda Bahrayndan biror narsa olib kelganini eshitgansizlar», dedilar. Ular: «Ha, ey Allohning Rasuli», dedilar. U zot: «Suyunchi boʻlsin, sizni xursand qiladigan narsadan umidvor boʻlaveringlar. Allohga qasamki, men sizlar uchun kambagʻallikdan qoʻrqmayman. Lekin men sizlar uchun sizdan oldingilarga dunyo keng yoyilganidek, sizlarga ham keng yoyilib, ular u dunyoda raqobatlashganidek sizlar ham raqobatlashib, ularni halok qilganidek sizlarni ham halok qilishidan qoʻrqaman», dedilar.