- وعن أبي سعيد الخدري، رضي الله عنه ، قال : جلس رسول الله صلى الله عليه وسلم، على المنبر، وجلسنا حوله، فقال: "إن مما أخاف عليكم من بعدي ما يفتح عليكم من زهرة الدنيا وزينتها” ((متفق عليه)) .
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ minbarga oʻtirdilar, biz ham atroflarida oʻtirdik. (U zot): «Albatta, men sizlar haqida mendan keyin qoʻrqadigan narsam — sizlarga dunyoning zebu ziynati va bezaklaridan ochib beriladigan narsadir», dedilar. Shunda bir kishi: «Yaxshilik yomonlik keltiradimi, yo Rasululloh?» dedi. Rasululloh ﷺ unga (javob bermay) jim qoldilar. (U kishiga): «Senga nima boʻldi, Rasululloh ﷺ bilan gaplashasan-u, u zot senga gapirmaydilar?» deyildi. (Rovi) dedi: Bizga u zotga vahiy nozil qilinayotgandek koʻrindi. Soʻng (u zot) oʻzlariga kelib, terni artar ekanlar: «Albatta, bu soʻrovchi» — goʻyo uni maqtagandek — «albatta, yaxshilik yomonlik keltirmaydi. Va albatta, bahor undirgan narsalardan (baʼzisi haddan oshib yegan hayvonni) oʻldiradi yoki oʻlimga yaqinlashtiradi, faqat koʻkat (oʻt) yeydigan (hayvon) bundan mustasno. U yeydi, ikki biqini toʻlgach, quyosh koʻziga roʻbaru turib (yoʻgʻon) tezagini va siydigini chiqaradi, soʻng yana oʻtlaydi. Albatta, bu mol koʻm-koʻk va shirindir. U musulmon uchun naqadar yaxshi hamrohdir — undan miskinga, yetimga va yoʻlovchiga bergan kishi uchun», dedilar — yoki Rasululloh ﷺ qanday aytgan boʻlsalar shunday (dedilar). «Va albatta, kim uni nohaq yoʻl bilan olsa, u yeb-yeb toʻymaydigan kishiga oʻxshaydi va u (mol) qiyomat kuni unga qarshi guvoh boʻladi», dedilar.