- وعن أنس رضي الله عنه قال: رهن النبي صلى الله عليه وسلم درعه بشعير، ومشيت إلى النبي صلى الله عليه وسلم بخبز شعير، وإهالة سنخة، ولقد سمعته يقول: " ما أصبح لآل محمد صاع ولا أمسى" وإنهم لتسعة أبيات. ((رواه البخاري)).
(( الإهالة بكسر الهمزة: الشحم الذائب. و السخنة بالنون والخاء المعجمة؛ وهي: المتغيرة)).
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Shubhasiz, Paygʻambar ﷺ oʻz sovutini arpa (don)ga garovga qoʻydi. Bir marta men Paygʻambar ﷺ ga — ustiga eritilgan yogʻ surilgan — arpa nonini olib bordim va men u zotning shunday deganini eshitdim: «Muhammadning oilasi — toʻqqiz xonadon boʻlishiga qaramay — na ertalab, na kechqurun (ovqatiga) bir soʼ (don, arpa va boshqa)dan ortiq narsaga ega emas edi».