- وعن أبي هريرة، رضي الله عنه، قال: لقد رأيت سبعين من أهل الصفة، ما منهم رجل عليه رداء، إما إزار وإما كساء، قد ربطوا في أعناقهم منها ما يبلغ نصف الساقين، ومنها ما يبلغ الكعبين، فيجمعه بيده كراهية أن ترى عورته. ((رواه البخاري)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Suffa ahlidan yetmish (kishi)ni koʻrdim; ularning hech birida rido yoʻq edi. Ularda yo (faqat) izor, yo boʻyinlariga bogʻlagan choyshablar bor edi. Bu choyshablarning baʼzisi oyoq (boldir)ning oʻrtasigacha, baʼzisi tovongacha yetar edi; ular avratlari ochilib qolmasin deb ularni qoʻllari bilan (ushlab) yigʻar edi.