- وعن ابن عمر رضي الله عنهما قال: كنا جلوساً مع رسول الله صلى الله عليه وسلم ، إذ جاء رجل من الأنصار، فسلم عليه، ثم أدبر الأنصاري، فقال رسول الله. صلى الله عليه وسلم : " يا أخا الأنصار؛ كيف أخي سعد بن عبادة؟" فقال: صالح، فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "من يعوده منكم؟" فقام وقمنا معه، ونحن بضعة عشر، ما علينا نعال، ولا خفاف، ولا قلانس، ولا قمص، نمشي في تلك السباخ، حتى جئناه، فاستأخر قومه من حوله حتى دنا رسول الله صلى الله عليه وسلم وأصحابه الذين معه. ((رواه مسلم)).
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Biz Rasululloh ﷺ bilan oʻtirgan edik, shu payt ansorlardan bir kishi keldi-da, u zotga salom berdi. Soʻng ansoriy orqasiga qaytdi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Ey ansoriy birodar, mening birodarim Saʼd ibn Ubodaning ahvoli qanday?» dedilar. U: «Yaxshi», dedi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Sizlardan kim uni koʻrgani boradi?» dedilar. Soʻng (u zot) oʻrnidan turdilar, biz ham u zot bilan birga turdik. Biz oʻn nechta kishi edik, oyogʻimizda na kavush, na maxsi, boshimizda na qalpoq, na koʻylak yoʻq edi. Oʻsha shoʻrxoklar ichida yurib, nihoyat uning oldiga keldik. Shunda uning atrofidagi qavmi chetga chiqdilar, toki Rasululloh ﷺ va u zot bilan birga boʻlgan sahobalari uning yoniga yaqinlashdilar.