- وعن عمران بن الحصين رضي الله عنهما، عن النبي صلى الله عليه وسلم أنه قال: " خيركم قرني، ثم الذين يلونهم، ثم الذين يلونهم" قال عمران: فما أدري قال: النبي صلى الله عليه وسلم مرتين أو ثلاثاً " ثم يكون بعدهم قوم يشهدون ولا يستشهدون، ويخونون ولا يؤتمنون، وينذرون ولا يوفون، ويظهر فيهم السمن" ((متفق عليه)).
(Zahdam ibn Muzarrib rivoyat qiladiki,) Men Imron ibn Husayn (roziyallohu anhumo)ning Paygʻambar ﷺdan (rivoyat qilib aytganini) eshitdim: «Sizlarning eng yaxshilaringiz mening avlodim (asrim), soʻng ularga ergashganlar, soʻng ularga ergashganlardir». Imron: «Bilmayman, Paygʻambar ﷺ bu soʻzlaridan keyin (avlodni) ikki yoki uch marta (zikr qildilarmi)», dedi. U zot (yana): «Soʻng ulardan keyin shunday qavm keladiki, ular guvohlik beradilar, lekin (ulardan) guvohlik soʻralmaydi; xiyonat qiladilar, ishonib boʻlmaydi; nazr qiladilar, (lekin) vafo qilmaydilar; va ular orasida semizlik paydo boʻladi», dedilar.