- وعن أبي هريرة رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "ليس المسكين الذي يطوف على الناس ترده اللقمة واللقمتان، والتمرة والتمرتان، ولكن المسكين الذي لا يجد غنى يغنيه، ولا يفطن له، فيتصدق عليه، ولا يقوم فيسأل الناس" ((متفق عليه)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Miskin (kambagʻal) — odamlarni aylanib yurib, ulardan bir-ikki luqma (taom) yoki bir-ikki xurmo soʻraydigan kishi emas; balki miskin — oʻz ehtiyojini qondirishga (mablagʻi) yetmaydigan, ahvoli boshqalarga maʼlum boʻlmagan (shuning uchun unga sadaqa berilmaydigan) va odamlardan tilamaydigan kishidir», — dedilar.